Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
QASHQAR MAHALLASIDA AHOLINI TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZISH JARAYONI O‘RGANILDI

O‘rganish davomida mahalla aholisi, ayniqsa keksa yoshdagi fuqarolar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar hamda salomatligi bo‘yicha muntazam nazoratga ehtiyoji bo‘lgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish holati ko‘zdan kechirildi.

Mazkur jarayon deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida amalga oshirilib, mahallada aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tibbiy-profilaktik tadbirlarning tashkil etilishi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu ishlar “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

O‘rganish yakunida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va qamrovini oshirish, profilaktik ko‘riklarni tizimli tashkil etish hamda aniqlangan masalalarni tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

✅ Qashqar mahallasida aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy-profilaktik tadbirlarni mahalla darajasida tashkil etish va fuqarolar bilan manzilli ishlash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 5