O'zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida"gi Qonuni bilan tasdiqlangan Milliy bayrog'imiz bugun 33 yoshda.
Bayrog'imiz turli bayram tantanalarida, mamlakatimiz a'zolari qatnashayotgan xalqaro tadbir va sport musobaqalarida ham Vatanimizning sha'ni, xalqimizning g'ururini yorqin ifoda etmoqda.
O'zbekiston farzandlari qaerda bo'lmasin, qanday natijalarga erishmasin Vatan bayrog'ini ardoqlaydi. Zero, bayroq - hurlik timsoli, ezgulik va tinchlik ramzidir!