Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi deputati, tuman tez tibbiy yordam bo‘limi boshlig‘i Normurot Umarovning tashabbusi bilan tibbiyot birlashma faxriylar hamda xodimlari ishtirokida “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasi tevarak atrofidagi bo‘sh yerlarga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.