Raxmonov Sherzod Tolibovich - xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi raisining tegishli farmoyishi bilan xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi.
Sh.Raxmonov 1993-yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, Buxoro davlat universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan, mutaxassisligi iqtisodchi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga ega.
2020-2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritgan.