Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi deputati Sh.Narbadalov hamda Uchquduq tumani prokurori M.Ortiqovlar tumanda joylashgan "Navoiy" MFYda bo'lib, 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-330 sonli qaror ijrosini amalga oshirilish yuzasidan olib borilayotgan ishlar to'g'risida mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o'tkazishdi.
Uchrashuv davomida "Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturi reyestiriga kiritilgan fuqarolar va mahalla faollari tomonidan berilgan savollarga mas'ullar tomonidan javoblar berildi.