MIROBOD TUMANIDA “YAShIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA “YAShIL TOShKENT” EKO-AKSIYASI BOShLANDI
Aziz mirobodliklar! Tumanimizni ko‘kalamzorlashtirish ishlarida siz ham, albatta qatnashing!
"Yashil shahar" eko-aksiyasi boshlanishi avvalida tuman hokimi Anvar Sayfutdinov, sektor rahbarlari, deputatlar, ekologik partiya vakillari, Mirobod tuman hokimligi apparat xodimlari, nuroniylar va faol yoshlar yaxshi niyatlar bilan duoga qo‘l ochishdi. Nuroniylar bugun ekilgan daraxtlar unib, kurtak yozib, kelajak avlod uchun toza havo va salomatlik manbai bo‘lishini tilab, duo qildilar.