Unda shahar saylov komissiyasi raisining joriy yil 27-oktabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.
Sessiyada xalq deputatlari Termiz shahar Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, shahar Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
Sessiyada To’rayev O’ktam Ismoilovich shahar hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.