Bo’ston tumani hokimligining katta majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 1-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari va mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etdilar.
Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.