Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Quva tumanida deputatlar aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar tuman tibbiyot muassasalarida olib borilayotgan ishlarni o‘rganmoqdalar
янв.21
Deputatlar tumanda paxta yetishtirish holati bilan yaqindan tanishdilar
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zbekiston Liberal Demokratik Partiyasi deputatlik guruhining yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Tumanda "Ishbilarmon ayol" ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi
янв.21
“Tashabbusli byudjet” loyihalarining amalga oshirilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yuksak natija e’tirofi — Quvada oltin va kumush medal sohiblari taqdirlandi
янв.21
Karkidondagi ekoturizm loyihasi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijtimoiy soha ob’ektlarida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida
Jurnalistlar uchun matbuot anjumani va press-tur tashkil etildi

 Jurnalistlar uchun matbuot anjumani va press-tur tashkil etildi 

Bugun Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun
matbuot anjumani o‘tkazildi.  

Unda komissiya raisi Z.Alimardonova joriy yilning 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga ko‘rilayotgan
tayyorgarlik, ayni kunlarda amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi vazifalar
haqida so‘z yuritdi. 

Anjumanda qayd etilganidek, hududiy saylov komissiyasi qarori bilan Xalq deputatlari viloyat Kengashiga
saylov o‘tkazuvchi 50 ta saylov okrugi tuzilgan bo‘lib, ularga beshta siyosiy partiyaning
har biridan bir nafardan, jami 250 nafar nomzod ro‘yxatga olingan. Xalq deputatlari
shahar va tuman Kengashlaridagi 370 ta saylov okrugiga esa 1 850 nafar nomzod
tasdiqlandi. 

Viloyat hududida 865 ta, Boysun tumanida 53 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan bo‘lib, ular uchun aholiga qulay bo‘lgan
hamda talab darajasidagi sharoit va imkoniyatlarga ega binolar tanlab olingan. Komissiyalar
a’zolari uchun seminar-trening mashg‘ulotlari tashkil etilib, ularning malakasi
oshirildi. 

Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga Surxondaryo viloyatidan 1 mln 437 ming nafardan ortiq
fuqaro kiritilgan bo‘lib, ulardan 34 ming nafarga yaqinini ovoz berishda ilk bor
ishtirok etadigan yoshlar tashkil qilmoqda. 

Matbuot anjumanida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni haqida atroflicha ma’lumot berildi. Jurnalistlarni
qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytarildi. 

Shuningdek, Termiz shahridagi 251-saylov uchastkasiga uyushtirilgan press-turda ishtirokchilar
saylovchilarga yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.  

Slide 1 of 10