“Tashabbusli byudjet” loyihalarining amalga oshirilishi deputatlar nazoratida
Xalq deputatlari
Quva tuman Kengashi deputatlari tomonidan 2025 yil birinchi mavsum “Tashabbusli
byudjet” loyihasi doirasida g‘olib bo‘lgan loyihalarning ijrosini o‘rganish ishlari
olib borilmoqda.
Deputatlar tomonidan
jumladan, Guliston mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 20-son oilaviy
poliklinika amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida,
mazkur oilaviy poliklinikada Farg‘ona shahrida joylashgan “Effekt Elegant” mas’uliyati
cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarida
bir qator kamchiliklar aniqlandi. Xususan, tibbiy muolaja xonasi devorlariga o‘rnatilgan
kafel plitkalari sifatsiz yopishtirilganligi va umumiy ishlar samaradorligi talab
darajasida emasligi qayd etildi.
Deputatlar tomonidan
aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga e’tirozlar bildirildi va ish sifatini
oshirish, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar
berildi.
“Tashabbusli
byudjet” loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi deputatlar tomonidan
muntazam nazorat qilib borilmoqda.