Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar tuman tibbiyot muassasalarida olib borilayotgan ishlarni o‘rgandilar
янв.21
Quva tumanida deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ijtimoiy soha ob’ektlarida olib borilayotgan qurilish ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Quva tumanida deputatlar aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar tuman tibbiyot muassasalarida olib borilayotgan ishlarni o‘rganmoqdalar
янв.21
Deputatlar tumanda paxta yetishtirish holati bilan yaqindan tanishdilar
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zbekiston Liberal Demokratik Partiyasi deputatlik guruhining yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Tumanda "Ishbilarmon ayol" ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi
янв.21
“Tashabbusli byudjet” loyihalarining amalga oshirilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
🏛 Bugun Boysun tumani hokimi, tuman Kengashi raisi Bahodir Shukurov ish rejasiga muvofiq tumanda olib borilayotgan qurilish, bunyodkorlik, ta’mirlash hamda aholi kayfiyatiga bevosita ta’sir o‘tkazadigan muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

 🏛 Bugun Boysun tumani hokimi, tuman Kengashi
raisi Bahodir Shukurov ish rejasiga muvofiq tumanda olib borilayotgan
qurilish, bunyodkorlik, ta’mirlash hamda aholi kayfiyatiga bevosita ta’sir
o‘tkazadigan muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar
bilan tanishdi. 

Jumladan, “Kosiblar” mahallasi
hududidan o‘tuvchi 4R-105A Boysun-shaxriga kirish avtomobil yo‘lining 0-3 km
qismlarini joriy ta’mirlash, shu jumladan temirbeton lotok o‘rnatish va
piyodalar yo‘laklarini qurish ishlari jarayoni ko‘zdan kechirildi. 

Tuman hokimi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston”
massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini
ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-32-sonli Farmonining ijrosini
ta’minlash maqsadida Boysun tumanidagi “Mustaqillik” mahalllasi hududida turar
joylar qurilish ishlarini ko‘zdan kechirib, quruvchi tashkilot mas’ullari bilan
uchrashdi. 

Tumanda xozirgi kunda
Surxondaryo viloyat xokimligi "Yagona buyurtmachi xizmati" DUK
buyurtmachiligida 2024-yil 1-mavsum Tashabbusli budjet dasutri doirasida
3-4-5-33-son umumiy o‘rta ta’lim maktablarida olib borilayotgan qurilish,
rekonstruksiya ishlari o‘ganildi.  

Slide 1 of 10