Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

AHOLI MUROJAATLARI DEPUTAT E’TIBORIDA

 AHOLI MUROJAATLARI DEPUTAT E’TIBORIDA 

  

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Sayfidinov Go‘zal mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar qabulini o‘tkazdi. 

Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan ijtimoiy himoya, bandlik, kommunal xizmatlar, yo‘l va infratuzilma masalalari yuzasidan murojaatlar
bildirildi. 

Deputat har bir murojaatni atroflicha tinglab, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddilar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishini ta’kidladi. 

Fuqarolar qabuli davomida aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, odamlarning turmush sharoitini yanada yaxshilash hamda mahalla infratuzilmasini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.  

Slide 1 of 1