Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar tuman mudofaa ishlari bo‘limida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar oilaviy poliklinikalardagi qurilish va ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar tuman mudofaa ishlari bo‘limida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Jamoatchilik ovozi bilan tanlangan loyiha amalga oshdi: yangi mini-stadion ochildi
янв.21
Deputatlar aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.
янв.21
Mahallada aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Jamoatchilik tashabbuslari ijrosi — deputatlar diqqat markazida
янв.21
Deputatlar tuman mudofaa ishlari bo‘limidagi ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Quva tumani Ittifoq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar o‘z saylov okruglarida fuqarolarning navbatdagi qabulini o‘tkazdilar
MIROBOD TUMANIDA 2024-YILDA ENERGIYA SAMARADORLIKNI OSHIRISH BO‘YICHA BELGILANGAN CHORA-TADBIRLARNING IJROSI BILAN TANISHILDI
Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Xabibulla Mirsoatov Davlat Rahbarining PQ-222-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mirobod tumanida 2024-yilda energiya samaradorlikni oshirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi bilan tanishdi. Tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali bosh direktori Sh.Pulatov, Xalq deputatlari
Mirobod tuman Kengash deputatlari, Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari va boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.
Xususan, X.Mirsoatov tomonidan tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan yirik iste’molchi bo‘lgan korxonalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, mahsulotlarni ishlab chiqarishda energotejovchi qurilmalardan foydalanishlari borasida tushuntirishlar o‘tkazish borasida topshiriqlar berildi. Shuningdek, ta’minot korxonalari va mutasaddi idoralar rahbarlariga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, energiya balansini ishlab chiqish, uning ko‘rsatkichlarini ta’minlash, energoresurslardan oqilona foydalanishni tizimli yo‘lga qo‘yish yuzasidan tavsiyalarni berildi.
Bu borada, energiya sarfi yuqori bo‘lgan ma’nan eskirgan va nostandart uskunalarni energotejamkoriga almashtirish, xonadonlarni ikki bosqichli tizimga o‘tkazish, ulgurji iste’molchilarning elektr qurilmalariga kompensatsiya batareyalarini o‘rnatish va energiya resurslarini iqtisod qilish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarni jadallashtirish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi. Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy va energetika soha ob’ektlari hamda ko‘p qavatli uy-joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Bundan tashqari, mutasaddilarga energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish, ularni talon-toroj qilish holatlarini oldini olish, qonun talablarini buzgan shaxslarga nisbatan
javobgarlik muqarrarligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Slide 1 of 14