Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Vatan posbonlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Murojaatnoma va qonunchilik yangiliklari aholi o‘rtasida targ‘ib qilinmoqda
янв.21
Tuman Kengashida doimiy komissiyalar raislari yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimlarini o‘rganmoqdalar
янв.21
Deputatlar tuman mudofaa ishlari bo‘limida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar oilaviy poliklinikalardagi qurilish va ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar tuman mudofaa ishlari bo‘limida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Jamoatchilik ovozi bilan tanlangan loyiha amalga oshdi: yangi mini-stadion ochildi
янв.21
Deputatlar aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.
янв.21
Mahallada aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Zomin tumanida “Yashil makon” loyihasi doirasida eko xashar aksiyasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Zomin tuman partiya tashkiloti raisi, tuman Kengashi deputati Y. Safarov tomonidan Zomin tuman Obodonlashtirish boshqarmasi bo‘limi ishchi xodimlari bilan hamkorlikda “Qo‘rg‘on” MFY hududida yashil makon umummilliy loyihasi doirasida eko xashar aksiyasi tashkil etildi.

Tadbir davomida hududga 1000 dona manzarali ko‘chatlar ekilib, ularning parvarishi uchun sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Ko‘chatlarni doimiy ravishda parvarish qilish va nazorat qilish bo‘yicha mas’uliyat belgilanib, ularning sog‘lom rivojlanishi ta’minlandi.

Ushbu aksiyaning asosiy maqsadi — mahalla hududlarini ko‘kalamzorlashtirish, atrof-muhitni obodonlashtirish va yashil muhitni kengaytirish orqali kelajak avlod uchun sog‘lom va estetik muhit yaratishdir.

Slide 1 of 5