Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Vatan posbonlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Murojaatnoma va qonunchilik yangiliklari aholi o‘rtasida targ‘ib qilinmoqda
янв.21
Tuman Kengashida doimiy komissiyalar raislari yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimlarini o‘rganmoqdalar
янв.21
Deputatlar tuman mudofaa ishlari bo‘limida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar oilaviy poliklinikalardagi qurilish va ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar tuman mudofaa ishlari bo‘limida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Jamoatchilik ovozi bilan tanlangan loyiha amalga oshdi: yangi mini-stadion ochildi
янв.21
Deputatlar aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.
янв.21
Mahallada aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Jamoat xavfsizligini ta’minlashda fuqarolik jamiyati institutlari ishtiroki Jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasi bugun faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati bilan cheklanib qolmaydi. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, jinoyatchilikning oldini olish, aholi kayfiyati va xavfsiz muhitni ta’minlashda mahalla, jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.

Samarqand viloyatidagi oxirgi tahlillar ham aynan shu yondashuvning dolzarbligini tasdiqlamoqda. 

 Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil davomida viloyatda jami 15 998 ta jinoyat hisobga olingan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 6596 taga oshgan. Jinoyatlarning 7 601 tasi, ya’ni qariyb yarmi axborot texnologiyalari sohasiga to‘g‘ri kelishi jinoyatchilik shakllarining o‘zgarib borayotganini ko‘rsatadi. Bu holat jamoat xavfsizligini ta’minlashda faqat jismoniy nazorat emas, balki aholining huquqiy va raqamli savodxonligini oshirish, profilaktik targ‘ibot ishlarini kuchaytirish zarurligini ham anglatadi. Mazkur yo‘nalishda fuqarolik jamiyati institutlari aholi bilan bevosita ishlash imkoniyatiga ega muhim bo‘g‘in sifatida namoyon bo‘lmoqda. 

 Shu bilan birga, prokuratura organlari tomonidan 429 ta jinoyatning avval hisobdan yashirilgani aniqlanib, ular markazlashgan jinoyatlar hisobotiga kiritilgani ma’lum qilingan. Bu holat jinoyatchilikka qarshi kurashda ochiqlik va shaffoflikka asoslangan yondashuv kuchayib borayotganini ko‘rsatadi. Jamoatchilik nazorati, ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan bildirilayotgan fikr va ogohlantiruvchi ma’lumotlar ushbu jarayonda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

 ☑️Viloyatda jinoyat sodir etilgan mahallalar soni oyma-oy kamayib bormoqda. Xususan, “qizil” toifaga kiritilgan mahallalar soni 118 tani tashkil etib, bu 2024-yilga nisbatan sezilarli kamayish kuzatilganini ko‘rsatadi. Tegishli idoralar bilan mahallalar, jamoatchilik faollari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik natijasida viloyatda qotillik, bosqinchilik, nomusga tegish, o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari kabi aholi kayfiyati va jamoat xavfsizligiga bevosita ta’sir etuvchi og‘ir jinoyatlar sonining kamayishiga erishilgan. 

 Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2025-yilda sodir etilgan qotillik va tan jarohati yetkazish jinoyatlarining salmoqli qismi oilaviy-turmush munosabatlaridagi kelishmovchiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan. Xususan, zo‘ravonlik va tan jarohati yetkazish jinoyatlarining 32 foizi hamda qotilliklarning 51 foizi aynan oilaviy nizolar oqibatida sodir etilgan. Bu holat jamoat xavfsizligi masalasi oiladagi ma’naviy-ruhiy muhit bilan bevosita bog‘liq ekanini ko‘rsatadi. Ayni shu nuqtada fuqarolik jamiyati institutlarining mediatorlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, maslahat va profilaktik targ‘ibot ishlaridagi ishtiroki alohida ahamiyat kasb etadi. 

 ☑️Davlatimiz rahbari tomonidan 2026-yil 5 yanvarda imzolangan qarorga muvofiq, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha manzilli ishlash tizimi joriy etildi. Ushbu yondashuv jamoat xavfsizligini ta’minlashda mahalla va jamoatchilikni asosiy bo‘g‘in sifatida belgilab, ayollar jinoyatchiligi, nizoli oilalar, ijtimoiy xavf guruhlari bilan ishlashda sohaviy idoralar bilan bir qatorda jamoatchilik tuzilmalari ishtirokini ham nazarda tutadi. Bu esa profilaktik ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. 

 Xulosa qilib aytganda, jamoat xavfsizligini ta’minlash faqat ma’muriy nazorat yoki jazo choralari bilan cheklanib qolmaydi. Mahalla, oila va jamoatchilik darajasida barvaqt profilaktika ishlarini yo‘lga qo‘yish, aholi bilan ochiq muloqot olib borish hamda fuqarolik jamiyati institutlarini ushbu jarayonga faol jalb etish orqali barqaror va ishonchli xavfsizlik muhitini shakllantirish mumkin. 

 

Foteh Rahmatov,

Xalq deputatlari tuman kengashi deputati, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi

Samarqand viloyat hududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi