Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar tomonidan aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar dehqon bozoridagi sharoitlar va narx-navo holatini o‘rgandilar
янв.21
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Jamoat salomatligi texnikumida mazmunli targ‘ibot va samarali muhokama tadbiri
янв.21
Murojaatnoma va qonunchilik yangiliklari aholi o‘rtasida targ‘ib qilinmoqda
янв.21
Tuman markazidagi istirohat bog‘ida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Vatan posbonlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Murojaatnoma va qonunchilik yangiliklari aholi o‘rtasida targ‘ib qilinmoqda
янв.21
Tuman Kengashida doimiy komissiyalar raislari yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimlarini o‘rganmoqdalar
Deputatlar mahallalarda: muammolar joyida o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyat mudiri A. Avliyakulov hamda deputat K. Abdullayeva tumandagi Nurafshon mahallasiga tashrif buyurib, hududda olib borilayotgan ishlar hamda mahalla yettiligi faoliyatini joyiga chiqqan holda batafsil o‘rgandilar. Tashrif davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi hamda boshqa mas’ullar bilan suhbatlar o‘tkazilib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi murojaatlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumotlar olindi.

Shuningdek, hududda faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkorga tegishli sartaroshxona ham ko‘zdan kechirildi. Deputatlar tomonidan yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish borasida zarur tavsiyalar berildi.

Tashrif doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan hamda ehtiyojmand oilalar holidan ham xabar olinib, ularning turmush sharoiti o‘rganildi. Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar va takliflar tinglandi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama etildi.

Bundan tashqari, mahalla ko‘chasi markazida joylashgan, kanal ustidan o‘tgan va ta’mirtalab holatga kelib qolgan ko‘prikning texnik holati ham atroflicha o‘rganildi. Ko‘prikdan fuqarolar xavfsiz foydalanishi, transport harakati uzluksizligini ta’minlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari rasmiylashtirilib, muammoni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Mazkur tashrif davomida aniqlangan muammolar va fuqarolar murojaatlari tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ularning ijrosini nazoratga olish hamda hududni yanada obodonlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 6