Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Vatan posbonlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Murojaatnoma va qonunchilik yangiliklari aholi o‘rtasida targ‘ib qilinmoqda
янв.21
Tuman Kengashida doimiy komissiyalar raislari yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimlarini o‘rganmoqdalar
янв.21
Deputatlar tuman mudofaa ishlari bo‘limida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar oilaviy poliklinikalardagi qurilish va ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar tuman mudofaa ishlari bo‘limida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Jamoatchilik ovozi bilan tanlangan loyiha amalga oshdi: yangi mini-stadion ochildi
янв.21
Deputatlar aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.
янв.21
Mahallada aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdagi XVII sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdagi XVII sessiyasi bo‘lib o‘tdi

🔹 Farg‘ona tuman hokimligi binosida Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdagi XVII sessiyasi o‘tkazildi. Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari hamda kun tartibiga kiritilgan masalalarga daxldor davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.

🔹 Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 26 dekabr kuni Oliy Majlis va mamlakat xalqini rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari bilan tanishtirgan Murojaatnomasida belgilangan vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

🔹 Kun tartibiga muvofiq, Prezidentning 2024 yil 16 dekabrdagi PQ–440-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumanda 2025 yil yanvar–noyabr oylarida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tuman hokimi X. Inomovning hisoboti eshitildi.

🔹 Shuningdek, 2026 yilgi mahalliy byudjetni tasdiqlash, tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi, “Ayollar daftari”ning 6-bosqichi doirasida xotin-qizlar bilan manzilli ishlash hamda Senat Kengashining KQ–284-V-sonli qarori ijrosi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

🔹 Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablariga muvofiq, mahalliy Kengashlarga deputatlar orasidan saylanadigan rais rahbarlik qilishi belgilangan. Qonunchilikda belgilangan tartib asosida Axmadjonov Baxodir Maxammadjonovich Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi raisi etib saylandi.

Slide 1 of 10