Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Vatan posbonlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Murojaatnoma va qonunchilik yangiliklari aholi o‘rtasida targ‘ib qilinmoqda
янв.21
Tuman Kengashida doimiy komissiyalar raislari yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimlarini o‘rganmoqdalar
янв.21
Deputatlar tuman mudofaa ishlari bo‘limida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar oilaviy poliklinikalardagi qurilish va ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar tuman mudofaa ishlari bo‘limida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Jamoatchilik ovozi bilan tanlangan loyiha amalga oshdi: yangi mini-stadion ochildi
янв.21
Deputatlar aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.
янв.21
Mahallada aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
#jarayon

Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi Kotibiyati mudiri K.Umarboyev va 11-Ma’rifat saylov okrugidan saylangan deputat A.Hamidov tomonidan oʻz saylov hududida fuqarolarga berilgan imtiyozlarning amalda qoʻllanilishi holatini oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻrganish jarayoni asosan nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning toʻgʻri va toʻliq amalga oshirilishini taʼminlashga qaratildi.

Oʻrganish yakunlari boʻyicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq choralar belgilandi. Xususan, imtiyozlarni qoʻllash mexanizmlaridagi kamchiliklarni tuzatish va nogironligi mavjud shaxslarning qonuniy huquqlarini toʻliq taʼminlashga qaratilgan amaliy ishlar rejasi tasdiqlandi.

Ushbu amaliy ishlar shahar Kengashi tomonidan aholi, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam huquqlari himoyasini kuchaytirishga boʻlgan ustuvor eʼtiborni ifodalaydi.

Slide 1 of 1