Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Vatan posbonlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Murojaatnoma va qonunchilik yangiliklari aholi o‘rtasida targ‘ib qilinmoqda
янв.21
Tuman Kengashida doimiy komissiyalar raislari yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimlarini o‘rganmoqdalar
янв.21
Deputatlar tuman mudofaa ishlari bo‘limida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar oilaviy poliklinikalardagi qurilish va ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar tuman mudofaa ishlari bo‘limida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Jamoatchilik ovozi bilan tanlangan loyiha amalga oshdi: yangi mini-stadion ochildi
янв.21
Deputatlar aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.
янв.21
Mahallada aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Tashabbusli budjet jarayoni 2025-yil 2-mavsum loyihalarining ijrosi o‘rganildi

Muzrabot tumanida “Tashabbusli budjet”ning 2025-yil 2-mavsumi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar izchil davom etmoqda.

Jumladan, “Mehnatobod” mahallasida joylashgan 3-maktabining 180 o‘rinli o‘quv binosida qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Ayni paytda “ChIROY-MUZRABOT QURILISh” XK tomonidan 1 mlrd 428 mln so‘m mablag‘ evaziga maktab binosining tashqi fasadi hamda ichki suvoq ishlari bajarilmoqda.

Muzrabot tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi - Abdulla Mamatqulov tegishli mas’ullar bilan birgalikda qurilish
jarayonini o‘rgandi. Ishlarni belgilangan muddatda va sifatli yakunlash bo‘yicha kerakli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Ushbu ishlar ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlab, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5