Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar tuman mudofaa ishlari bo‘limida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar oilaviy poliklinikalardagi qurilish va ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar tuman mudofaa ishlari bo‘limida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Jamoatchilik ovozi bilan tanlangan loyiha amalga oshdi: yangi mini-stadion ochildi
янв.21
Deputatlar aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.
янв.21
Mahallada aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Jamoatchilik tashabbuslari ijrosi — deputatlar diqqat markazida
янв.21
Deputatlar tuman mudofaa ishlari bo‘limidagi ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Quva tumani Ittifoq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar o‘z saylov okruglarida fuqarolarning navbatdagi qabulini o‘tkazdilar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumanining “Navbahor” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarining ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ochiq uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Kengashi deputati Jumavoy Rahmonqulov hamda tuman hokimi o‘rinbosarlari Komiljon Abdaliyev va Boburjon Abdumalikovlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida notinch va muammoli oilalar, shuningdek, profilaktik hisobda turgan fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ularning muammolari o‘rganildi. Fuqarolarni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda subsidiya, ssuda va grantlardan foydalanish masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Natijada, uch nafar fuqaroga tadbirkorlik yo‘nalishida ssuda ajratilishi hal etildi, to‘rt nafar fuqaro esa munosib ish haqi mavjud bo‘lgan ish joylariga yo‘llanma oldi. Shuningdek, mahalla obodonchiligi bilan bog‘liq bir qator masalalar ijobiy hal etildi.

Slide 1 of 4