Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar tuman mudofaa ishlari bo‘limida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar oilaviy poliklinikalardagi qurilish va ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar tuman mudofaa ishlari bo‘limida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Jamoatchilik ovozi bilan tanlangan loyiha amalga oshdi: yangi mini-stadion ochildi
янв.21
Deputatlar aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.
янв.21
Mahallada aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Jamoatchilik tashabbuslari ijrosi — deputatlar diqqat markazida
янв.21
Deputatlar tuman mudofaa ishlari bo‘limidagi ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Quva tumani Ittifoq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar o‘z saylov okruglarida fuqarolarning navbatdagi qabulini o‘tkazdilar
Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida bugun Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 11-Qo‘lichi saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubov Farxod Maxkamovich o‘zi saylangan okrugdagi “Qo‘lichi” MFY yettiligi bilan mahalladagi gaz, elektr, ichimlik suvi ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi sohasidagi dolzarb muammolarni hal etish masalalari bo‘yicha suhbatlashdi. Uchrashuv davomida deputat kirib kelayotgan qishning sovuq kunlaridan aholini betalofat chiqishida muammolarga uchramasiligini ta’minlash borasida e’tibor berilishi kerak bo‘lgan jihatlar haqida to‘xtaldi. Shuningdek mahalla raisi bilan Hokko‘za, Bo‘zanjar va Sharq guli ko‘chalaridagi ichki yo‘llarning holati joyiga chiqib o‘rganildi va bu ko‘chalarning ta`mirlanganiga 20-25 yil bo‘lganligi bois hozirgi kunda ancha ta`mirtalab holatdaligi aniqlandi. Xalq vakillari bu ko‘chalarni bosqichma-bosqich “Tashabbusli budjet” dasturlari hamda homiylar yordamida ta`mirlanishi bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi. Deputat tomonidan uchrashuv natijasi bo‘yicha tegishli mutasaddilarga deputatlik so‘rovi chiqarish va jamoatchilik nazoratini olib borishi aytildi. 

Slide 1 of 6