Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar tibbiyot sohasidagi bunyodkorlik ishlarini nazorat qilmoqda
янв.21
Jamoatchilik tashabbuslari ijrosi — deputatlar diqqat markazida
янв.21
Jamoatchilik tashabbusi – deputatlar nazoratida.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati hamda mahalliy Kengash deputatlari tumanda bir qator ob’ektlar faoliyatini o‘rgandilar.
янв.21
Tumanda ijtimoiy soha ob’ektlarida olib borilayotgan qurilish ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Suv ta’minoti masalalari muhokama qilindi
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari tomonidan markaziy shifoxonada o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Quva tumanida xalq deputatlari Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tibbiyot muassasalaridagi bunyodkorlik ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar
Tuman Kengashi deputatlari tomonidan markaziy shifoxonada o‘rganish ishlari olib borildi

 Tuman Kengashi deputatlari tomonidan markaziy shifoxonada o‘rganish ishlari olib borildi 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi
deputatlari tomonidan Quva tumanlararo qo‘shma shikastlanish va o‘tkir qon tomir
kasalliklari markazi shifoxonasining terapiya, xirurgiya va boshqa bo‘limlarida
davolanayotgan bemorlar holidan xabar olindi.
 

Shuningdek, deputatlar tomonidan
bemorlarni bepul dori-darmonlar bilan ta’minlanish holati ham o‘rganildi. O‘rganishlar
davomida bir qator kamchiliklar aniqlandi.
 

Jumladan, ayrim bemorlarning kasallik
varaqalarida vrach tomonidan belgilangan dorilardan tashqari, bemorlar qo‘lida kasallik
varaqada qayd etilmagan dorilarni olib kelish uchun oddiy qog‘ozlarga yozib berilgan
ro‘yxatlar mavjudligi aniqlandi. Shuningdek, kasalxona ichki dorixonasida kasallik
varaqasiga kiritilgan ayrim dorilar mavjud bo‘lsa ham, bemorlar tomonidan ular tashqaridan
olib kelinayotgani holatlari qayd etildi.
 

Bu borada bo‘lim boshliqlari, katta
hamshirlar hamda tuman sog‘liqni saqlash tizimi rahbariyati qat’iy ogohlantirildi.
 

Shu bilan birga, deputatlar tibbiyot
muassasalarining sharoitlarini yaxshilash, tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish
va aholi salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha, shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni
bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalarni ham berdilar.
  

Slide 1 of 9