Deputatlar tomonidan rekonstruksiya ishlari o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputatlari tomonidan Tashabbusli byudjetning 2025-yil 1-mavsumida g‘olib bo‘lgan loyihalarga ajratilgan mablag‘larni maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilmoqda. Jumladan,14-umumta’lim maktabida O‘zMTDP va XDP dan saylangan deputatlar A. Yursunov va A. Ergashevlar 14-umumta’lim maktabida barpo etilayotgan qo‘shimcha o‘quv binosidagi qurilish ishlarini o‘rganishdi. Mazkur loyiha pudratchi "Bobokalon qurilish" MChJ tomonidan olib borilmoqda. Loyiha qiymati 1.5 mldr so‘mni tashkil etib, bugungi kunda ishlarning salmoqli qismi amalga oshirilgan. Shuningdek, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, tuman hokimi tashabbusi bilan homiylarni jalb qilgan holda ta’mirlash va qurilish ishlari jadal davom etmoqda.