Deputatlar g‘alla yetishtirish holati bilan yaqindan tanishdilar
Quva tumanida 2025 yil mavsumi uchun 5 ming 500 gektar maydonda boshoqli
don yetishtirildi. Mirishkor fermerlar 50 ming tonnadan ziyod don hosilini yig‘ishtirib
olishni maqsad qilingan bo‘lib, davlat haridlari va birja savdolari uchun jami
16950 tonna jamg‘arish ko‘zda tutilgan.
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari tomonidan tumanning Yangiqishloq
MMTP hududida joylashgan “Axror Abror To‘ychiev”, “Muhammadjon O‘rinboev”, shuningdek,
Raxmatov MMTP tarkibidagi “Mirzaxmad Akbarali” va “Xasanov Raximjon Ehsonalievich”
fermer xo‘jaliklariga amaliy tashrif uyushtirildi.
Tashrif davomida deputatlar tomonidan ushbu xo‘jaliklarda 2025 yil uchun
yetishtirilayotgan boshoqli don ekinlari holati, agrotexnik tadbirlarning borishi,
xususan, tuproq holati, zararkunandalarga qarshi kurash hamda don yetishtirishda
qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar bilan yaqindan tanishildi.
Deputatlar fermerlar bilan suhbatlashib, mavjud muammolar va ularning
yechimi yuzasidan taklif va mulohazalarni tingladilar. Shuningdek, g‘alla yetishtirishda
hosildorlikni oshirish, samarali agrotexnika tadbirlarini keng joriy etish bo‘yicha
tegishli tavsiyalar berildi.
Bu kabi joylardagi o‘rganishlar tumandagi qishloq xo‘jaligi sohasini yanada
rivojlantirish va fermer xo‘jaliklarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.