Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Vatan posbonlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Murojaatnoma va qonunchilik yangiliklari aholi o‘rtasida targ‘ib qilinmoqda
янв.21
Tuman Kengashida doimiy komissiyalar raislari yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimlarini o‘rganmoqdalar
янв.21
Deputatlar tuman mudofaa ishlari bo‘limida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar oilaviy poliklinikalardagi qurilish va ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar tuman mudofaa ishlari bo‘limida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Jamoatchilik ovozi bilan tanlangan loyiha amalga oshdi: yangi mini-stadion ochildi
янв.21
Deputatlar aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.
янв.21
Mahallada aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Marg’ilon shaharda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasi tuzilgan.

Xalq deputatlari Marg’ilon shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputati Muzaffarjon Raimdjanov tomonidan Bahrin mahalla hududidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-223-sonli Farmoniga asosan kosibchilik yo’nalishi bo’yicha Yakka tartibdagi tadbirkor Madaminov Muhiddin Murodjon o’g’li hamda Mebel ishlab chiqarish va mebellarni bo’yashni tashkil etish bo’yicha “Evroosiyo” MCHJ faoliyati o’rganildi.

O’rganish davomida YATT Madaminov Muhiddin Murodjon o’g’li o’z hisobidan 500 million so’m miqdoridagi loyiha bilan 10 nafar ishchi o’rni yaratgan.

Qo’shimchasiga yana 5 nafar ishchi o’rni yaratishni rejaga kiritgan.

“Evroosiyo” MCHJ 300 million so’m miqdoridagi loyiha bilan 20 ta ishchi o’rni yaratib, o’z ish faoliyatini kengaytirmoqda. Ish unumdorligiga qarab hozirda yana 5 ta ishi olishni maqsad qilgan.

Slide 1 of 5