Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Vatan posbonlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Murojaatnoma va qonunchilik yangiliklari aholi o‘rtasida targ‘ib qilinmoqda
янв.21
Tuman Kengashida doimiy komissiyalar raislari yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimlarini o‘rganmoqdalar
янв.21
Deputatlar tuman mudofaa ishlari bo‘limida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar oilaviy poliklinikalardagi qurilish va ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar tuman mudofaa ishlari bo‘limida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
янв.21
Jamoatchilik ovozi bilan tanlangan loyiha amalga oshdi: yangi mini-stadion ochildi
янв.21
Deputatlar aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.
янв.21
Mahallada aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
CHINOZ TUMANI.MAS’UL RAHBARLAR DOIMIY KOMISSIYAGA HISOBOT BERDI.

Majlis kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala, tumanda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Chinoz tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i V.Mansurovaning hisoboti eshitildi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan tumanda ishsizlik va bandlik (ayniqsa jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan shaxslar bo‘yicha) holati to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. 

Kun tartibidagi uchinchi masala bo‘yicha tumanda sog‘Iiqni saqlash xususan, tez tibbiy yordam, kafolatlangan bepul tibbiy yordamni ko‘rsatilishi holati to‘g‘risida Chinoz tumani Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i I.Usmanovning hisoboti eshitildi.

Kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar A.Aliyev, E.Saidov, R.Fozilovalar so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Doimiy komissiya majlisi yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha bildirilgan takliflar va fikr-mulohazalarni inobatga olib, tegishli hujjatlar qabul qilindi.

Doimiy komissiya a’zosi, deputat Ra’no Fozilova

Slide 1 of 4