Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashi deputatlari Yuqori Qo‘rg‘oncha mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputatlar tomonidan hokim yordamchilari faoliyati o‘rganilmoqda
янв.21
Quva tumanida agrosohada xalqaro tajriba almashuvi amalga oshirildi
янв.21
Tumandagi Sanoatchilar mahalla fuqarolar yig‘inida uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Deputatlar hamda ijodkorlar harbiylar bilan uchrashdilar
янв.21
Deputat o‘z saylovchilari oldida axborot berdi
янв.21
Deputat o‘z saylovichlari bilan uchrashuvi o‘tkazdi
янв.21
Deputat o‘z saylovchilari oldida axborot berdi
янв.21
Davlatimiz rahbari qarorlari doirasida olib borilayotgan ishlar muxokama etildi
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
📌 Ishtixon tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish va gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari M.Umirova va M.Raximov tashabbusi bilan “Maroqand Sifat Tekstil” MCHJ korxonasida “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi”, shuningdek, xotin-qizlarning jamiyatdagi nufuzini oshirish hamda gender tenglikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan amaliy davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda korxona rahbariyati, xodimlar, kengash deputatlari hamda fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etdi.

Muhokama etilgan asosiy yo‘nalishlar:

Ish joylarida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, xodimlar o‘rtasida halollik tamoyillarini mustahkamlash;

Xotin-qizlarning mehnat huquqlari, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va iqtidorini to‘laqonli namoyon etishlariga imkon yaratish;

Gender tenglikni ta’minlash borasida amaldagi qonunchilik va mahalliy amaliyotdagi yondashuvlar;

Tashabbuskor va ijtimoiy faolligi yuqori ayollarni aniqlash, ularni ijtimoiy hayotga jalb qilishga qaratilgan takliflar.

🗣 Davra suhbati davomida ishtirokchilar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish faqatgina jazolash yo‘li bilan emas, balki profilaktika, axborot-ma'rifat ishlari, shuningdek, jamiyatda ochiqlik va mas'uliyat muhitini yaratish orqali amalga oshirilishi zarurligi ta’kidlandi.

👩‍🦰 Xotin-qizlar masalasi doirasida esa, ularga nisbatan ijtimoiy munosabatda tenglikni shakllantirish, rahbarlik lavozimlarida ularga kengroq imkoniyatlar yaratish, mehnat huquqlari va ijtimoiy himoyani kuchaytirish zarurligi alohida qayd etildi.

✅ Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirgan takliflar umumlashtirilib, kelgusida ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. 

Slide 1 of 4