Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

GULOBOD MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI

GULOBOD MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI

👍 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X. Turdiyev Gulobod mahallasida mahalla yettiligining kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ish faoliyatini o‘rgandi.

🦁 O‘rganish davomida mahalla yettiligi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadlarini oshirish va kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan ishlar bilan tanishildi.

📍 Mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda mas’ullarning faoliyatini deputatlik nazorati doirasida kuzatib borish muhim ahamiyatga ega.

✅ Ushbu yo‘nalishdagi o‘rganishlar aholi turmush farovonligini oshirish va mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini tahlil qilishga qaratilgan.

Slide 1 of 1