Ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi
“Shamchiroq” MFYda ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ularning daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish va bandlikka ko‘maklashish masalalari o‘rganildi.
📑Aholi bandligi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining qonuni (№O‘RQ-642, Qabul qilingan sana 20.10.2020) ning ijrosini ta’minlash doirasida Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Turdiyev Anvar Xaytbayevich topshirig‘iga ko‘ra, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov “Yoshlar maslahat guruhi” va Ekspert guruhi a’zolari bilan birgalikda “Shamchiroq” MFY raisi bilan uchrashdi.
🤝 Muloqot davomida mahalladagi ishsiz fuqarolarni aniqlash, ularni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunar o‘rganishiga ko‘maklashish hamda tadbirkorlik orqali daromad manbaini yaratish imkoniyatlari muhokama qilindi.
📌 Shuningdek, fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan rejalashtirilgan ishlar va belgilangan chora-tadbirlar ijrosiga e’tibor qaratildi.