Tikuvchilik orqali daromad topish imkoniyati
“Naymanko‘l” OFYda aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishidagi o‘rganishlar davom etmoqda.
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich navbatdagi xonadonda bo‘lib, ijtimoiy reestrda turgan fuqaro N.U.ning bandligi bilan bog‘liq masalalarni o‘rgandi.
🪡 O‘rganish davomida fuqaroning tikuvchilik bilan shug‘ullanishi va daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun tikuv mashinasi olib berishga ko‘maklashilganligi qayd etildi.
📌 Bunday o‘rganishlar fuqarolarning bandligini ta’minlash hamda oilalar daromadini oshirishga qaratilgan imkoniyatlarni aniqlashga xizmat qiladi.