Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Har bir oilaga — bandlik va daromad imkoniyati

Har bir oilaga — bandlik va daromad imkoniyati

“Naymanko‘l” OFYda aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan o‘rganishlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich navbatdagi tashrif davomida ishsiz fuqaro **A.A.**ning xonadonida bo‘lib, oilaning bandligini ta’minlash imkoniyatlarini muhokama qildi.

🧵 Fuqaroga tikuvchilik bilan shug‘ullanish, uning turmush o‘rtog‘iga esa qurilish sohasida ishlash taklif etildi. Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlardan foydalanish imkoniyatlari tushuntirildi.

📌 Asosiy e’tibor — oilaning o‘z daromad manbaini shakllantirishiga ko‘maklashish. Bandlik bo‘yicha takliflar fuqarolarning mehnat qilish imkoniyatlari va oilaning ehtiyojlarini inobatga olgan holda muhokama qilindi.