Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktablarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Maktablarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangiyer istirohat bog‘idagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktablarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida “yettilik” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Ariqoshgan” mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi holati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi
Ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi T. Gulmatov tomonidan Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashining 17-“Yangiobod” saylov okrugi deputati E.Ergashevning saylov okrugiga qarashli “Yangiobod” mahallasida mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyaning 11-yo‘nalishi — “Kuz-qish mavsumida isitish tizimi” yuzasidan 63-sonli umumta’lim maktabida nazorat tartibida o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, mavjud isitish tizimlarining texnik holati, ularning mavsum davomida uzluksiz va samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun zarur sanitariya-gigiena va qulay sharoitlarni yaratish, isitish tizimi bilan bog‘liq ehtimoliy muammolarning oldini olish hamda mavsumni belgilangan talablar asosida o‘tkazish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qilindi.

O‘rganish natijasida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, mavjud isitish tizimlarini mavsumga to‘liq shay holatga keltirish hamda kuz-qish davrida ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi va mas’ullarga tavsiyalar berildi.

E’tibor — ta’lim muassasalarida qulay sharoit, barqaror isitish va o‘quvchilar xavfsizligiga.

Slide 1 of 7