Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktablarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Maktablarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangiyer istirohat bog‘idagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktablarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida “yettilik” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Ariqoshgan” mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi holati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi
#tuman_hokimi

Toyloq tumani hokimi tuman Kengashi deputati Behzod Raxmatullayev Navbahor mahallasida joylashgan Naqqoshon qishlog‘ida bo‘lib, hududni rivojlantirish va aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish masalalarini o‘rgandi.

Jumladan, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, ichki ko‘chalarni asfaltlashtirish, ichimlik suvi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, aholi salomatligi uchun piyodalar va salomatlik yo‘laklarini barpo etish rejalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, shu kunlarda hududda ichimlik suvi tarmoqlarini tortish ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Yaqin vaqt ichida ichki ko‘chalarni asfaltlashtirish ishlari boshlanadi.

Xususan, uchrashuvda Siyob kanali bo‘yida zamonaviy turistik manzil tashkil etish, mavjud hududlarni qayta ta’mirlash va sayyohlar uchun jozibador maskan yaratish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Slide 1 of 3