Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi J. Turmaxanov tomonidan deputatlik faoliyati doirasida “O‘rganilishi lozim bo‘lgan eng muhim qonunlar” asosida Tuman Kadastrlar palatasi bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 2000-yil 15-dekabrdagi 171-II-son Qonuni ijrosi o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida davlat kadastrlarini yuritish, kadastr ma’lumotlarini shakllantirish va yangilab borish, shuningdek, kadastr axborotlaridan samarali foydalanish bilan bog‘liq jarayonlarga e’tibor qaratildi.
📑 Shuningdek, kadastr obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘liqligi va haqqoniyligi, hujjatlarni yuritish tartibi, ma’lumotlarni elektron bazalarga kiritish hamda fuqarolar va yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari holati ko‘rib chiqildi.
🏠 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastr hujjatlarini shakllantirish va aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonlarida qonun talablariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Amaldagi tartiblarga ko‘ra, tuman (shahar) filiallari kadastr yig‘majildini shakllantirib, natijasi bo‘yicha kadastr pasportini taqdim etadi.
📌 O‘rganish yakunida qonun talablarini amaliyotga to‘liq tatbiq etish, kadastr ma’lumotlarining aniqligi va yangilanib borishini ta’minlash, aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ochiqlik va qonuniylik tamoyillariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🤝 Deputatlik nazorati — qonunlar ijrosini ta’minlash, davlat xizmatlari sifatini oshirish va fuqarolarning huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.