35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Yangi o‘quv yiliga bag‘ishlangan tantanali marosim

Mazkur tadbirda "22-saylov" okrugidan Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi deputati A. Abduraxmonov ham ishtirok etib, maktab jamoasi bilan suhbatlashdi.
Marosim davomida o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida fikrlar bildirildi.
Shuningdek, o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi mas’uliyati va fidokorona mehnati alohida ta’kidlandi.
A. Abduraxmonov o‘quvchi-yoshlarga o‘qishda omad, ustozlarga esa sharafli faoliyatlarida kuch-g‘ayrat va muvaffaqiyat tiladi.
Yurtimiz maktablarida yangragan qo‘ng‘iroqlar doimo ezgu maqsadlar sari chorlab tursin!

Slide 1 of 3