❄️ DMTTNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri E. Mirzayev tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR asosida “Shieli” OFYdagi DMTTda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishga qay darajada tayyorligi, tarbiyalanuvchilar uchun zarur shart-sharoitlarning yaratilgani hamda bino va xonalarning mavsumiy foydalanishga tayyorgarlik holatiga e’tibor qaratildi.
🔹 Jumladan, isitish tizimlarining holati va sozligi;
🔹 bino va xonalarda issiqlikni saqlash sharoitlari;
🔹 deraza va eshiklarning mavsumga tayyorligi;
🔹 elektr ta’minoti hamda mavjud jihozlarning texnik holati;
🔹 tarbiyalanuvchilar uchun iliq va xavfsiz muhit yaratish masalalari;
🔹 kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulay holatlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mavsum davomida bolalarning salomatligini asrash, ta’lim-tarbiya jarayonining uzluksizligini ta’minlash hamda DMTTda sanitariya-gigiyena va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish muhimligi ta’kidlandi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida hal etish va kuz-qish mavsumini xavfsiz hamda barqaror o‘tkazish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
📌 Deputatlik nazorati — aholi, ayniqsa, yosh avlod uchun munosib va xavfsiz sharoitlarni ta’minlashga xizmat qiladi.