35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla: yangilanish va bunyodkorlik ishlari

Mazkur mahalla “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” mahallalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, hudud infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.
O‘rganish jarayonida “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, quyidagi natijalar qayd etildi:
🔹 4,8 km ichki ko‘chalarga asfalt yotqizildi;
🔹 0,4 km piyodalar yo‘lagi barpo etildi;
🔹 195 dona temir-beton ustunlar o‘rnatildi;
🔹 7,8 km elektr tarmog‘ini yangilash ishlari olib borilmoqda;
🔹 2 dona yangi transformator o‘rnatish rejalashtirilgan;
🔹 58 dona tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.
Bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarining amalga oshirilishi natijasida mahallaning infratuzilmasi yanada yaxshilanib, aholi uchun munosib va qulay yashash sharoitlari yaratiladi.
Yangier mahallasi — yangilanish, obodlik va farovonlik sari!

Slide 1 of 2