35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Veterinariya sohasidagi masalalar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Djabborov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Utegenov tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida bo‘ldi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘RQ–397-son Qonuni ijrosi, uning mazmun-mohiyati hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, sohadagi mavjud muammolar o‘rganilib, deputatning “Ko‘chama-ko‘cha yurish” daftariga tegishli tartibda qayd etildi.

🤝 Muammolarni o‘rganish va amaliy yechim topish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishidir.

Slide 1 of 5