35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📌 Yoshlar masalalari – deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat X.Jumaboyev Qo‘shtamg‘ali mahallasida bo‘lib, mahalla yoshlar yetakchisi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan taklif hamda tavsiyalar bildirildi.

✅ Yoshlar bandligini ta’minlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish — kelajak taraqqiyotining muhim omilidir.

Slide 1 of 3