Mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” asosida "Beshqahramon" mahallasida tashkil etildi.
O‘rganishning davomida Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi O‘RQ-445-sonli Qonuni ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, mahallada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish hamda ularni ko‘rib chiqish holati tahlil qilindi.
Deputat va kotibiyat xodimlari qonun talablarining joylardagi amaliy ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdilar.
Bu kabi o‘rganishlar deputatlik nazoratini kuchaytirish va aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.