Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yo‘l harakati to‘g‘risida” Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi raisi tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 11-martdagi VII-16-13-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi raisi tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 11-martdagi VII-16-13-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
“Neftchilar” mahallasini obodonlashtirish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha oqova suv tarmoqlari tozalanmoqda.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-17-19-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
AHOLI MUROJAATLARIGA HUQUQIY YORDAM KO‘RSATILDI:
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” sari yana bir qadam
янв.21
TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI MUDIRI TOMONIDAN DASTURLAR IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI MUDIRI TOMONIDAN DASTURLAR IJROSI O‘RGANILDI.
Deputat va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, Qo‘qon shahar hokimi M.Usmonov hamda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O'.Tojieva tomonidan shahar yoshlari bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida yoshlarga Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining vakolatlari, deputatning huquq va majburiyatlari, deputatlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hamda saylovchilar manfaatlarini himoya qilishdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, deputatlik faoliyatida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, deputatlik so‘rovi yuborish tartibi, Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqiladigan masalalar hamda yoshlarning qonun ijodkorligi va jamoatchilik nazoratidagi ishtiroki yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, deputatlik faoliyati, davlat boshqaruvida yoshlarning ishtiroki hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan imkoniyatlar yuzasidan atroflicha javob oldilar.

Uchrashuv yakunida yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish hamda deputatlar va yoshlar o‘rtasidagi ochiq muloqotni izchil davom ettirish yuzasidan kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6