O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Qumqo‘rg‘on tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish bo‘yicha 2026 yilga mo‘ljallangan rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026 - 2028 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-sonli qaroriga asosan “Mehrobod” MFYdagi 72-son maktabni rekonstruksiya qilish (qo‘shimcha 140 o‘rinli o‘quv bino qurish) ishlari boshlangan bo‘lib, loyiha qiymati 4 mlrd 912 mln so‘m bo‘lib, qurilish ishlari Lochin xususiy korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda.