Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yo‘l harakati to‘g‘risida” Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi raisi tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 11-martdagi VII-16-13-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi raisi tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 11-martdagi VII-16-13-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
“Neftchilar” mahallasini obodonlashtirish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha oqova suv tarmoqlari tozalanmoqda.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-17-19-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
AHOLI MUROJAATLARIGA HUQUQIY YORDAM KO‘RSATILDI:
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” sari yana bir qadam
янв.21
TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI MUDIRI TOMONIDAN DASTURLAR IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI MUDIRI TOMONIDAN DASTURLAR IJROSI O‘RGANILDI.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sergey Mironov "Iykota" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyatini o‘rgandi

#deputatlar_nazorati #deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun

❗️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sergey Mironov "Iykota" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyatini o‘rgandi

📍 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sergey Mironov Bektemir tumanidagi "Iykota" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududda aholi farovonligini ta’minlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda mahallalarda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ijrosini joyida o‘rgandi. O‘rganishda ushbu saylov okrugi deputati Z.I. Kavaev ham ishtirok etdi.

🤝 Unda deputatlar mahalla raisi boshchiligidagi "mahalla yettiligi" vakillari bilan uchrashib, hududdagi mavjud muammolarni xonadonbay o‘rganish, aholi murojaatlariga tezkor va manzilli yechim topish, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda mahallada tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil fikr almashdilar. Muloqot davomida "mahalla yettiligi"ning o‘zaro hamjihatlikda faoliyat yuritishi hududni kompleks rivojlantirish va har bir oilaning muammosiga individual yondashishda muhim omil ekani alohida ta’kidlandi.

📚 Uchrashuv jarayonida deputatlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida foydalanish tavsiya etilgan 162 ta muhim qonun talablari asosida mahalladagi mavjud holat kompleks tahlil qilindi. Xususan, yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodimlar faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, sport va ijtimoiy infratuzilma holati, ichki yo‘llar, ko‘cha yoritgichlari, jamoat transporti, elektr energiyasi, gaz, ichimlik va issiq suv ta’minoti, boshqaruv kompaniyalari faoliyati, chiqindilarni olib chiqish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, investitsiya loyihalari, aholi bandligi hamda jinoyatchilikning oldini olish yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

📝 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan "Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari"ga qayd etilib, ularning har biri alohida deputatlik nazoratiga olindi. Murojaatlar yuzasidan masalalarni bosqichma-bosqich hal etish, zarurat tug‘ilganda deputatlik so‘rovlari kiritish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechimlarni ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

💬 Deputat Sergey Mironov bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan mahalla tizimiga, ayniqsa "mahalla yettiligi" faoliyatiga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlab, fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, har bir murojaatni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda hududdagi muammolarni qonunchilik asosida tizimli hal etish deputatlik faoliyatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini qayd etdi. Deputat Z.I. Kavaev esa mahalla faollari xalq bilan bevosita ishlaydigan eng yaqin bo‘g‘in ekanini, shu bois har bir fuqaroning muammosiga mas’uliyat bilan yondashish, mavjud masalalarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni hal etishda hamjihatlikni yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

💡 Shuningdek, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar sessiyaoldi tartibida deputatning saylov okrugida ijro organlari vakillari ishtirokida joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish davomida aniqlangan muammo va takliflar umumlashtirilib, ularni sessiya muhokamasiga kiritish hamda tegishli choralar belgilash yuzasidan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyatiga taqdim etish uchun tegishli takliflar shakllantirildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5