#Doimiy_komissiya_faoliyati
#19_1_modda
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi M. Kazakova tomonidan Birlashuv mahallasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
O‘rganish davomida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlarini kengaytirish hamda imtiyozli kredit va subsidiya dasturlaridan samarali foydalanish masalalari yuzasidan suhbat o‘tkazildi.
Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni ijobiy hal etish, bandlikni oshirish va oilalarning daromad manbalarini ko‘paytirishga qaratilgan tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|