Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida oʻtkazilgan majlisda Senat ishchi guruhining parlament nazorati doirasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalar viloyatda bajarilishini oʻrganish natijalari koʻrib chiqildi. Majlisda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Abduraim Choriyev, markaziy va hududiy studiyalar orqali deputatlar, ijro hokimiyati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Viloyatda joriy yilning I choragida yalpi hududiy mahsulot hajmi 13,4 trln soʻmni tashkil etib, oʻsish surʼati 9,1 foizga yetdi. Aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan YAHM hajmi 4,4 mln soʻmni tashkil etdi. Iqtisodiyot tarmoqlarida ijobiy dinamika kuzatilib, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,7 foizga, bozor xizmatlari 16,3 foizga, qishloq xoʻjaligi 9,7 foizga, qurilish ishlari esa 10 foizga oʻsdi.