Mazkur masala yuzasidan “Qumqo‘rg‘ontumangaz” filialida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Ergashev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari T.Gulmatov va S.Amonovlar ishtirok etdilar.
O‘rganish natijalari tahlil qilinib, aniqlangan mavjud muammolar yuzasidan tegishli xulosalarni Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasiga taqdim etishi belgilandi.