Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Jarayon
янв.21
#Jarayon
янв.21
Deputat sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan tuman elektr ta’minoti korxonasida o‘rganish ishlari olib bordi.
янв.21
Deputat sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan “Qumqo‘rg‘ontumangaz” filialida o‘rganish ishlari olib bordi.
янв.21
Bunyodkorlik jarayonidan: Qaror va dastur ijrosi amalda.
янв.21
Deputatlar davlat xizmatchisi bo‘lgan xotin-qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasini o‘tkazdi.
янв.21
Sessiya kun tartibi asosida o‘rganish
янв.21
TUMAN KENGASHINING O‘N TO‘QQIZINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI QUMQO‘RG‘ON TUMAN KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ O‘N SAKKIZINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI QUMQO‘RG‘ON TUMAN KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ O‘N YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
Yakkatut” mahallasida “Mening bog‘im” loyihasi doimiy komissiya majlisida muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Chilonzor tumani “Yakkatut” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Mening bog‘im” loyihasini amalga oshirish masalasi dastlabki tartibda ko‘rib chiqildi. Mazkur loyiha jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portalida o‘tkazilgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan.

Loyihaga muvofiq, “Yakkatut” MFY hududidagi 0,41 gektar yer maydonida yangi yashil hudud barpo etilishi, uzoq yillik mevali va manzarali daraxtlar ekilishi, piyodalar yo‘lakchalari qurilishi, aholi dam olishi uchun o‘rindiqlar o‘rnatilishi, shuningdek yoritish hamda sug‘orish tizimlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Muhokamalar yakunida doimiy komissiya tomonidan mazkur masalani Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish uchun tavsiya etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 1