Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI QUMQO‘RG‘ON TUMAN KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ YIGIRMANCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Deputat o‘ziga biriktirilgan tashkilotda nazorat tartibida o‘rganish o‘tkazdi.
янв.21
Tuman kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari tomonidan kengash deputatining okrugidagi Deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyalarda belgilangan  vazifalarning ijrosini o‘rgandi.
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Surxondaryo viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Tuman kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari tomonidan kengash deputatining okrugidagi Deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyalarning  21-yo‘nalishda belgilangan  vazifalarning ijrosini o‘rgandi.
янв.21
Tuman Kengashi raisi tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-17-19-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILISHI REJALASHTIRILAYOTGAN MASALA JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
“Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida” Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Tuman kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari tomonidan kengash deputatining okrugidagi Deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyalarning  4-yo‘nalishda belgilangan  vazifalarning ijrosini o‘rgandi.
Fuqarolar murojaati o‘rganildi

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputati N.Mahkamov tomonidan “Qushchi” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan kadastr bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi. Jumladan, ayrim xonadonlarda yer va mulk hujjatlarini rasmiylashtirish uchun hokim qarorlari mavjud emasligi, ko‘plab fuqarolarga mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha to‘lov xabarnomalari yetib kelmayotganligi yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Shuningdek, mahalla aholisi tomonidan “Qushchi” MFY hududida kadastr xatlov ishlarini 2027-yilda o‘tkazish masalasi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaat kiritish taklifi ilgari surildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar deputat N.Mahkamovning hududdagi muammolarni qayd etish daftariga ro‘yxatga olinib, atroflicha o‘rganildi.

Ularning ijobiy yechimini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilot va idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborildi hamda masalalar deputatlik nazoratiga olindi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni joyiga chiqib o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1