Sessiya ishini Kengash raisi o‘rinbosari Soatmurod Nazarov boshqarib bordi. Unda Kengash deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, kengash kotibiyati, aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.
Deputatlar tomonidan kun tartibidagi on ikkita masala ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Har bir masala yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi. Deputatlar masalalar yuzasidan mas’ullarga savol va takliflarini berishdi hamda ko‘tarilgan har bir masala yuzasidan mas’ullarning javoblari olindi.