O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning "Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 4-apreldagi KQ-706-IV qaroriga asosan Uzun tumanida uchrashuv bo'lib o'tdi.
📍 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Ismatova tumandagi Erkinlik mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan uchrashdi.
➡️ Uchrashuvda asosiy 8 ta amalga oshiriladigan, jumladan:
Mahalliy budjet daromadlari barqarorligini ta‘minlash yo‘nalishlari bo‘yicha "mahalla yettiligi” a’zolari va ushbu mahalladan saylangan deputatlarning doimiy hamkorligini o‘rnatish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda birgalikda amalga oshiriladigan yo‘nalish hamda ishlarni samarali tashkil qilish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
✍️Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati